# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 324-46-modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/324-46 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizani, agar uni ish yuritishga qabul qilish haqidagi masalani hal qilishda quyidagilarni aniqlasa, qaytaradi: 1) ariza ushbu Kodeksning 324-43 va 324-44-moddalarida belgilangan qoidalar buzilgan holda berilganligini; 2) ariza belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilganligini va uni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud emasligini; 3) muddatni oʻtkazib yuborish sabablari uzrsiz ekanligini, shunga koʻra ariza berish uchun oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashga asos mavjud emasligini. Arizani qaytarish toʻgʻrisida qaror chiqariladi. Sudning arizani qaytarish toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Ariza bergan shaxs ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin ariza bilan sudga yangidan murojaat qilishga haqli. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)