# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 324-6-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish muddatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/324-6 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Birinchi instansiya sudining maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) u ishning barcha materiallari bilan kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh sutka ichida apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻrilishi lozim. Ushbu Kodeksning 51-2, 51-3, 51-4, 51-5, 51-6, 51-7, 51-8, 51-9-moddalarida nazarda tutilgan birinchi instansiya sudining maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha qarorlari ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlari (protestlari) ishning barcha materiallari bilan kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻrilishi lozim. Birinchi instansiya sudining maʼmuriy qamoqqa olish yoki maʼmuriy tartibda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) shikoyat (protest) berilgan paytdan eʼtiboran bir sutka ichida apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻrilishi lozim. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)