MJK · 326-modda

326-modda. Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etishga qaratish

Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qaror, basharti ushbu Kodeksda va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchiligida oʻzgacha qoida belgilanmagan boʻlsa, chiqarilgan paytdan boshlab ijro etilishi lozim.

Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qaror ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda bu qaror berilgan shikoyat yoki bildirilgan protest qanoatlantirishsiz qoldirilgandan keyin ijro etilishi kerak. Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyning oʻzida undirib olinadigan jarima solish toʻgʻrisidagi qaror bundan mustasnodir.

Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror uni ixtiyoriy ravishda bajarishning ushbu Kodeksning 332-moddasida belgilangan muddati oʻtib ketganidan keyin majburiy ravishda ijro etiladi.

Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qaror uni chiqargan organ (mansabdor shaxs) tomonidan ijro etishga qaratiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.