# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 329-modda. Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosini tugatish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/329 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisida qaror chiqargan organ (mansabdor shaxs) quyidagi hollarda uning ijrosini tugatadi: 1) amnistiya akti eʼlon qilinib, u maʼmuriy jazo chorasini qoʻllanishni yoʻq qilsa; 2) maʼmuriy javobgarlikni belgilovchi normativ hujjat bekor qilingan boʻlsa; 3) ustidan qaror chiqarilgan shaxs vafot etgan boʻlsa. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)