# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 330-modda. Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qaror ijrosining muhlati > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/330 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Basharti maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab uch oy davomida ijro etishga qaratilmagan boʻlsa, u holda bunday qaror ijro etilmaydi. Ushbu Kodeksning 318-moddasiga muvofiq qarorning ijrosi toʻxtatib turilgan taqdirda, kuchini yoʻqotish muddatining kechishi shikoyat yoki protest koʻrib chiqilgunga qadar toʻxtatib qoʻyiladi. Ushbu Kodeksning 328-moddasiga muvofiq qarorning ijrosi kechiktirilgan taqdirda, kuchini yoʻqotish muddatining kechishi muddatini kechiktirish davri oʻtgunga qadar toʻxtatib qoʻyiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)