MJK · 334-modda

334-modda. Joyning oʻzida undirib olinadigan jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish

Ushbu Kodeksning 283-moddasiga muvofiq jarima maʼmuriy huquqbuzarlik sodir qilingan joyning oʻzida undirib olingan taqdirda huquqbuzarga qatʼiy moliyaviy hisobot hujjati hisoblangan belgilangan nusxadagi kvitansiya beriladi.

Jarima maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyning oʻzida toʻlanmasa, ishni koʻrib chiqish va qarorni ijro etish ushbu Kodeksning 332 va 333-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.