# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 335-modda. Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish ishlarini tugallash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/335 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorga muvofiq jarima toʻla-toʻkis undirib olingach, uning ijro etilganligi haqida belgi qoʻyilib, shu qarorni chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga qaytariladi. Majburiy ijroga qaratilgan jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ijro etilganidan soʻng davlat ijrochisi ijro ishini yuritishni tamomlash toʻgʻrisida qaror chiqaradi va uning bir nusxasini uni chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga yuboradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)