# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 336-modda. Narsani haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/336 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror asosida olib qoʻyilgan narsalar belgilangan tartibda shartnoma-vositachilik asosida yoxud auksion shaklidagi kimoshdi savdosida realizatsiya qilinadi. Qurolni va uning oʻq-dorilarini haqini toʻlab olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror ichki ishlar organlari tomonidan ijro etiladi. Haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyilgan narsani sotishdan tushgan pullar ushbu Kodeksning 26-moddasiga muvofiq olib qoʻyilgan narsalarni sotish xarajatlarini chegirib qolib, shu narsalarning sobiq egasiga topshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)