# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 340-modda. Maxsus huquqdan mahrum etish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etuvchi organlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/340 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Kodeksning 248-moddasida koʻrsatib oʻtilgan ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi. Kema haydovchilarini kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Kodeks 249-1-moddasining beshinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi. Kema haydovchilarini kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Kodeks 254-1-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Ov qilish huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Kodeksning 261-moddasi ikkinchi qismida aytib oʻtilgan ov qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati olib boruvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)