# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 347-modda. Qarorning mulkiy zararni undirib olish xususidagi qismini ijro etish tartibi va muddatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/347 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorning mulkiy zararni undirib olish xususidagi qismi ushbu Kodeks va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchiligi bilan belgilangan tartibda ijro etiladi. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorning mulkiy zararni undirib olish xususidagi qismi ijro hujjati hisoblanadi. Mulkiy zarar huquqbuzar tomonidan unga qaror topshirilgan kundan boshlab oʻn besh kundan kechiktirmay toʻlanishi lozim (ushbu Kodeksning 311-moddasi), bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda — shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi maʼlum qilingan kundan boshlab oʻn besh kundan kechiktirmay qoplanishi lozim. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)