# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 4-modda. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik sohasida Oʻzbekiston Respublikasining vakolatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/4 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik sohasida quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi ixtiyoriga beriladi: maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilikning prinsiplarini aniqlash va umumiy qoidalarini belgilab berish; maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladigan harakat yoki harakatsizlikni, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan organlar tizimini (mansabdor shaxslarni), mazkur ishlarni yuritish va chiqarilgan qarorlarning ijrosi tartibini belgilash; maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik sohasida Qoraqalpogʻiston Respublikasining vakolatlarini belgilash; viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyat vakillik organlari hamda hokimlari maʼmuriy javobgarlik nazarda tutiladigan qaror qabul qilishlari mumkin boʻlgan masalalar doirasini belgilash. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)