# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 46-modda. Fuqaroga maʼnaviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni oshkor etish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/46 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tibbiy yoki tijorat sirlarini, yozishma va boshqa xabarlar, notarial harakatlar, bank operatsiyalari va jamgʻarmalar sirlarini, xuddi shuningdek fuqaroga, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga maʼnaviy yoxud moddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlarni oshkor etish, basharti ushbu Kodeksning 46-1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud boʻlmasa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)