# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 47-1-modda. Yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vasiylik va homiylik organiga xabar qilmaslik > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/47-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shunday bolalar turgan muassasa rahbari yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsi tomonidan vasiylik va homiylik organiga xabar qilmaslik, xuddi shuningdek ular tomonidan yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar haqida atayin notoʻgʻri maʼlumotlar berish — mansabdor shaxsga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)