MJK · 47-2-modda

47-2-modda. Yetim bolalarni yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni muqobil joylashtirishda qonunchilik talablarini buzish

Yetim bolalarga yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga vasiylik va homiylik belgilashda, ularni farzandlikka, tutingan (foster) oilaga berishda yoxud ularga yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun muqobil joylashtirishning boshqa shakllarini belgilashda qonunchilik talablarini buzish —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.