# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 47-2-modda. Yetim bolalarni yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni muqobil joylashtirishda qonunchilik talablarini buzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/47-2 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yetim bolalarga yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga vasiylik va homiylik belgilashda, ularni farzandlikka, tutingan (foster) oilaga berishda yoxud ularga yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun muqobil joylashtirishning boshqa shakllarini belgilashda qonunchilik talablarini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)