# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 49-4-modda. Xorijiy ishchi kuchini Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilish va undan foydalanish tartibini buzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/49-4 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Xorijiy ishchi kuchini Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilish va undan foydalanish tartibini buzish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)