# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 49-modda. Mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/49 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, bundan bila turib gʻayriqonuniy ishdan boʻshatish mustasno, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etish, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)