# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 5-modda. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik sohasida Qoraqalpogʻiston Respublikasining vakolatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/5 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik sohasida quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi ixtiyoriga beriladi: jamoat tartibini saqlash masalalari boʻyicha, basharti bu masalalar ushbu Kodeks bilan tartibga solinmagan boʻlsa, shuningdek tabiiy ofatlar va epidemiyalarga qarshi kurash masalalari boʻyicha maʼmuriy javobgarlik belgilash; ushbu Kodeksning 90, 109, 110, 161-moddalariga, 164-moddasining ikkinchi qismiga, 168-moddasiga binoan buzilishi maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladigan qoidalarni belgilash. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)