# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 51-6-modda. Nomzodlar, siyosiy partiyalar toʻgʻrisida yolgʻon maʼlumotlarni tarqatish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/51-6 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Saylov natijalariga taʼsir koʻrsatish maqsadida nomzod, siyosiy partiya toʻgʻrisida ataylab yolgʻon maʼlumotlarni eʼlon qilish yoki boshqa usullar orqali tarqatish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)