MJK · 52-modda

52-modda. Yengil tan jarohati yetkazish

Ehtiyotsizlik orqasida yengil tan jarohati yetkazish —

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Qasddan yengil tan jarohati yetkazish, bu harakat sogʻliqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatini uncha koʻp davom etmaydigan turgʻun tarzda yoʻqotishga olib kelmagan boʻlsa, basharti ushbu Kodeksning 59-2-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud boʻlmasa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan toʻrt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.