# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 53-modda. Sanitariya qonunchiligini buzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/53 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bo'lim:** IKKINCHI BOʻLIM MAʼMURIY HUQUQBUZARLIK VA MAʼMURIY JAVOBGARLIK **bob:** VI bob. AHOLI SOGʻLIGʻINI SAQLASH SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR UCHUN MAʼMURIY JAVOBGARLIK Sanitariya qonunchiligini, sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)