# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 56-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini oz miqdorda gʻayriqonuniy ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/56 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini oʻtkazish maqsadini koʻzlamay oz miqdorda gʻayriqonuniy ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, — giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini musodara qilib, oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoq jazosiga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)