# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 61-2-modda. Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/61-2 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish, oz miqdorni tashkil etsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Oʻzganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish koʻp boʻlmagan miqdorni tashkil etsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi. Oz miqdor deganda bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha boʻlgan doiradagi, koʻp boʻlmagan miqdor deganda esa, bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan yuz baravarigacha boʻlgan doiradagi miqdor tushuniladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)