# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 63-modda. Gʻayriqonuniy ov, baliq ovlash mahsulotini, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash mahsulotini qabul qilib olish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/63 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Gʻayriqonuniy ov, baliq ovlash mahsulotini, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash mahsulotini tayyorlash yoki qayta ishlash tashkilotining, savdo yoxud umumiy ovqatlanish tashkilotining mansabdor shaxsi tomonidan qabul qilib olish, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)