# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 66-modda. Yer berish tartibini buzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/66 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yer berish tartibini buzish, xuddi shuningdek fermer yoki dehqon xoʻjaligi yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat koʻrsatish, jamoa bogʻdorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga toʻsqinlik qilish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)