# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 75-modda. Suvlarning davlat hisobini yuritish qoidalarini buzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/75 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Suv obyektlaridan olinadigan va ularga quyiladigan suv miqdorining dastlabki hisobini yuritish va oqib kelib qoʻshilayotgan suvlar sifatini aniqlash qoidalarini buzish, shuningdek davlat suv kadastri yuritishning belgilangan tartibini buzish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)