# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 78-modda. Kesiladigan oʻrmon fondidan foydalanish tartibini buzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/78 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Kesiladigan oʻrmon fondidan foydalanish, yogʻoch tayyorlash va tashib olib ketish tartibini, shuningdek oʻrmon kesish chiptasi (orderi)da yoki oʻrmon chiptasida belgilangan boshqa talablarni buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)