# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 8-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik uchun taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllanish vaqtida qonuniylikni taʼminlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/8 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Maʼmuriy huquqbuzarlik uchun hech kim qonunchilikda belgilangan asoslar va tartibdan boshqacha tarzda taʼsir koʻrsatish chorasiga tortilishi mumkin emas. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish qonuniylikka rioya qilish asosida olib boriladi. Tegishli vakolat berilgan organlar va mansabdor shaxslar maʼmuriy taʼsir koʻrsatish choralarini oʻz vakolatlari doirasida qoʻllaydilar. Maʼmuriy huquqbuzarlik uchun taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllanish chogʻida qonunchilik talablariga rioya etilishi vakolatli yuqori turuvchi organlar va mansabdor shaxslar tomonidan muntazam ravishda nazorat qilib turilishi bilan, prokuror nazorati bilan, shikoyat berish huquqi bilan taʼminlanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)