# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 86-modda. Atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash inshootidan foydalanish qoidalarini buzish, shuningdek undan foydalanmaslik > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/86 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash uchun oʻrnatilgan inshootlar, uskunalar, apparaturalardan, shuningdek chiqarib tashlanadigan zararli moddalar miqdori va tartibini nazorat qiluvchi vositalardan foydalanish qoidalarini buzish yoki ulardan foydalanmaslik — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)