# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 92-1-modda. Saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/92-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslar tomonidan saqlash, — ana shu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, basharti jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, — ana shu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)