# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 92-modda. Hayvonlar yashaydigan muhitni muhofaza qilish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalarni vujudga keltirish va ular bilan savdo qilish qoidalarini buzish, xuddi shuningdek hayvonlarni oʻzboshimchalik bilan boshqa joyga koʻchirish, iqlimlashtirish yoki chatishtirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/92 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Hayvonlar yashaydigan muhitni va ularning koʻchish yoʻllarini muhofaza qilish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalarni vujudga keltirish, toʻldirish, saqlash, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish qoidalarni, shuningdek hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlarini, zoologik va botanik kolleksiyalarini boshqa joyga joʻnatish va chet elga olib ketish qoidalarini buzish, xuddi shuningdek hayvonlarni oʻzboshimchalik bilan boshqa yerga koʻchirish, iqlimlashtirish yoki chatishtirish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)