# Mehnat kodeksi — 122-modda. Ishga qabul qilish bosqichlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/122 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ishga qabul qilish quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi: ishga qabul qilish chogʻidagi tanishtirish tartib-taomilini; mehnat shartnomasi shartlari boʻyicha taraflarning kelishuvga erishishini hamda shartnomani xodim va ish beruvchi tomonidan imzolashni; ish beruvchi tomonidan xodimni ishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq qabul qilishni hamda ishga qabul qilish haqidagi maʼlumotlarni xodimning mehnat daftarchasiga va “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritishni. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)