# Mehnat kodeksi — 190-modda. Ish vaqtidan tashqari ishlarning eng koʻp davomiyligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/190 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ish vaqtidan tashqari ishning davomiyligi xodim uchun surunkasiga ikki kun davomida toʻrt soatdan (mehnat sharoitlari noqulay boʻlgan ishlarda — bir kunda ikki soatdan) oshmasligi kerak. Ish beruvchi xodimning ish vaqtidan tashqari ishining davomiyligi aniq hisobga olinishini taʼminlashi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)