# Mehnat kodeksi — 2-modda. Ushbu Kodeksning asosiy vazifalari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/2 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ushbu Kodeksning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: xodimlar mehnat huquqlari va erkinliklarining, shu jumladan mehnat qilishga, erkin ish tanlashga, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlariga hamda ishsizlikdan himoyalanishga boʻlgan huquqining davlat kafolatlarini belgilash; ish beruvchilarning kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish va samarali mehnat jarayonini tashkil etish sohasidagi huquqlari amalga oshirilishini taʼminlash; mehnat sohasida ijtimoiy sheriklikni ragʻbatlantirish va rivojlantirish; xodimlar va ish beruvchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash; mehnat bozorining samarali faoliyat koʻrsatishiga koʻmaklashish. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)