# Mehnat kodeksi — 201-modda. Dam olish vaqti tushunchasi va turlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/201 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Dam olish vaqti xodim mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod boʻlgan va oʻz ixtiyoriga koʻra foydalanishi mumkin boʻlgan vaqtdir. Dam olish vaqtining turlari quyidagilardan iborat: ish kuni (smena) davomidagi tanaffuslar; har kungi (smenalar oraligʻidagi) dam olish; dam olish kunlari (har haftalik uzluksiz dam olish); ishlanmaydigan bayram kunlari; har yilgi asosiy va qoʻshimcha mehnat taʼtillari; xodimning istagiga koʻra dam olish kunida yoki ishlanmaydigan bayram kunida ishlaganlik uchun kompensatsiya sifatida taqdim etiladigan ishdan boʻsh boʻlgan qoʻshimcha kunlar, shuningdek qon va uning tarkibiy qismlari topshirilgan har bir kundan keyin donorlarga beriladigan dam olish kuni. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)