# Mehnat kodeksi — 230-modda. Har yilgi mehnat taʼtilining bir qismini keyingi ish yiliga koʻchirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/230 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Har yilgi mehnat taʼtili har yili, ushbu taʼtil berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega sabablarga koʻra joriy yilda har yilgi mehnat taʼtilini toʻliq berish imkoni boʻlmagan alohida hollarda xodimning roziligi bilan taʼtilning oʻn toʻrt kalendar kundan ortiq boʻlgan qismi keyingi ish yiliga koʻchirilishi mumkin boʻlib, ushbu yil davomida undan foydalanilishi shart. Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan xodimlarga, nogironligi boʻlgan xodimlarga har yilgi mehnat taʼtilini, shuningdek ushbu Kodeksning 481 va 483-moddalarida koʻrsatilgan har yilgi qoʻshimcha taʼtillarni bermaslik taqiqlanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)