# Mehnat kodeksi — 267-modda. Yaroqsiz boʻlgan mahsulot tayyorlanganda mehnatga haq toʻlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/267 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ishlov beriladigan materialdagi yashirin nuqson tufayli paydo boʻlgan yaroqsiz mahsulot uchun, shuningdek xodimning aybisiz tayyorlangan yaroqsiz mahsulot uchun yaroqli mahsulotlar bilan teng ravishda haq toʻlanadi. Xodimning aybi bilan tayyorlangan qisman yaroqsiz mahsulot uchun mahsulotning yaroqliligi darajasiga qarab kamaytirilgan ishbay baholar boʻyicha haq toʻlanadi. Xodimning aybi bilan tayyorlangan toʻliq yaroqsiz mahsulot uchun haq toʻlanmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)