# Mehnat kodeksi — 293-modda. Xodimga tegishli mol-mulkdan ish beruvchining manfaatlarini koʻzlab foydalanilganda xarajatlarni kompensatsiya qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/293 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ish jarayonida xodimga tegishli yoxud uning tomonidan uchinchi shaxslardan ijaraga olingan mol-mulkdan ish beruvchining roziligi bilan foydalanilganda, ish beruvchi transport vositalarining amortizatsiyasi (eskirishi) va ulardan foydalanish xarajatlarining, shuningdek asbob-uskunalar, boshqa texnik vositalar yoki oʻzga mol-mulk amortizatsiyasi (eskirishi) oʻrnini qoplaydi. Ushbu xarajatlarning oʻrnini qoplash miqdorlari va tartibi xodim hamda ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)