# Mehnat kodeksi — 301-modda. Xodimni intizomiy javobgarlikka tortish asosi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/301 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilishi xodimni intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi. Intizomiy qilmish deganda xodim tomonidan oʻz mehnat majburiyatlarini aybli tarzda, gʻayriqonuniy ravishda bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi (mehnat (lavozim) majburiyatlarining buzilishi) tushuniladi. Agar xodimning oʻz mehnat (lavozim) majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi xodimga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra yuz bergan boʻlsa (xodimning oʻz mehnat vazifalarini bajarish uchun ish beruvchi tomonidan zarur shart-sharoitlar taʼminlanmaganligi, fors-major holatlari va hokazolarda), xodimni intizomiy javobgarlikka tortishga yoʻl qoʻyilmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)