# Mehnat kodeksi — 303-modda. Xizmat tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/303 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Xizmat tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun ommaviy axborot vositalarining xabarlari, xodimning bevosita rahbarining bildirgisi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilgan deb taxmin qilish uchun asos beradigan boshqa maʼlumotlar asos boʻladi. Ish beruvchi xizmat tekshiruvi oʻtkazish haqida qaror qabul qilishga haqli. Xizmat tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror tegishli buyruq bilan rasmiylashtiriladi. Oʻziga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkaziladigan xodim ish beruvchining xizmat tekshiruvi oʻtkazish haqidagi buyrugʻi hamda xizmat tekshiruvi oʻtkazish boʻyicha komissiya tarkibi bilan imzo qoʻydirib tanishtirilishi kerak. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)