# Mehnat kodeksi — 308-modda. Xizmat tekshiruvini oʻtkazish muddati > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/308 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Xizmat tekshiruvini oʻtkazish muddati oʻn besh ish kunidan oshmasligi kerak. Xizmat tekshiruvini ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatda, obyektiv sabablarga koʻra tugallash mumkin boʻlmagan alohida hollarda, ish beruvchi komissiyaning asoslantirilgan vajlari asosida xizmat tekshiruvini oʻtkazish muddatini yana oʻn besh ish kunigacha uzaytirishga haqlidir. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)