# Mehnat kodeksi — 319-modda. Xodimga oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan ziyon > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/319 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplashi shart: xodim mehnat qilish imkoniyatidan gʻayriqonuniy ravishda mahrum qilinganda; xodimning hayoti yoki sogʻligʻiga ziyon yetkazilganda; xodimga ish haqi toʻlash va unga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlar kechiktirilganda; xodimning mol-mulkiga ziyon yetkazilganda. Agar ish beruvchining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) bilan xodimga jismoniy yoki maʼnaviy azob yetkazilgan boʻlsa, xodimga yetkazilgan maʼnaviy ziyon kompensatsiya qilinishi lozim. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)