# Mehnat kodeksi — 322-modda. Xodimning sogʻligʻiga ziyon yetkazilganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/322 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonning oʻrnini ish beruvchi tomonidan qoplash quyidagilarni oʻz ichiga oladi: xodimga bir martalik nafaqa toʻlash; xodimga yoʻqotilgan ish haqi uchun yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash tarzida amalga oshiriladigan har oylik toʻlovlar; xodimning qoʻshimcha xarajatlarini kompensatsiya qilish. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)