# Mehnat kodeksi — 329-modda. Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning oʻrni ish beruvchi tomonidan qoplangan taqdirda amalga oshiriladigan toʻlovlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/329 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning oʻrnini ish beruvchi tomonidan qoplash boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning oʻrni ish beruvchi tomonidan qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlgan shaxslarga quyidagilarni toʻlashni oʻz ichiga oladi: bir yoʻla beriladigan nafaqani; boquvchining yoʻqotilgan ish haqi oʻrnini qoplash uchun amalga oshiriladigan har oylik toʻlovlarni; qoʻshimcha xarajatlarni kompensatsiya qilishni. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)