# Mehnat kodeksi — 334-modda. Xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/334 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Xodimning mol-mulkiga zarar yetkazgan ish beruvchi, agar u oʻzining aybi yoʻqligini isbotlab berolmasa, ushbu zararning oʻrnini toʻliq hajmda qoplaydi. Zararning miqdori zararning oʻrnini qoplash kuni mazkur hududda amalda boʻlgan bozor narxlari boʻyicha hisoblab chiqariladi. Xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni xodimning roziligi bilan natura tarzida qoplanishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)