# Mehnat kodeksi — 335-modda. Xodimga yetkazilgan maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/335 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ish beruvchining gʻayriqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi tufayli xodimga yetkazilgan maʼnaviy ziyon xodimga mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvida belgilangan miqdorlarda pul shaklida kompensatsiya qilinadi. Nizo yuzaga kelgan taqdirda, xodimga maʼnaviy ziyon yetkazilganligi fakti va uni kompensatsiya qilish miqdorlari, oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan moddiy zarardan qatʼi nazar, sud tomonidan belgilanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)