# Mehnat kodeksi — 339-modda. Ish beruvchining xodimdan zararni undirishdan voz kechish huquqi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/339 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ish beruvchi moddiy zarar yetkazilgan aniq sharoitlarni hisobga olgan holda zararni aybdor xodimdan toʻliq yoki qisman undirishdan voz kechish huquqiga ega. Tashkilot mulkdori ish beruvchining mazkur huquqini qonunchilikda, shuningdek tashkilotning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda cheklashi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)