# Mehnat kodeksi — 347-modda. Xodimdan ish beruvchiga yetkazilgan zararni undirish tartibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/347 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ish beruvchiga oʻrtacha oylik ish haqidan ortiq boʻlmagan miqdorda yetkazilgan zarar summasini aybdor xodimdan undirish ish beruvchining zarar aniqlangan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirilmay qabul qilingan buyrugʻiga muvofiq amalga oshiriladi. Agar yetkazilgan zararning xodimdan undirilishi lozim boʻlgan summasi uning oʻrtacha oylik ish haqidan oshib ketsa yoki zarar aniqlangan kundan eʼtiboran bir oylik muddat oʻtgan boʻlsa, undirish sud tartibida amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)