# Mehnat kodeksi — 349-modda. Tashkilotga uning rahbari tomonidan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/349 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tashkilotga uning mehnat shartnomasi boʻyicha ishlaydigan rahbari tomonidan yetkazilgan zararning oʻrni ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga rioya etilgan holda tashkilot mulkdorining yoki u vakolat bergan organning qarori asosida qoplanadi. Rahbar zararning oʻrnini ixtiyoriy tartibda qoplashni rad etgan taqdirda, yetkazilgan zarar sud tartibida undiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)