# Mehnat kodeksi — 371-modda. Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish chogʻida xodimlarning huquq va majburiyatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/371 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Xodimlar ushbu Kodeksda, mehnat toʻgʻrisidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan tartibda kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishdan oʻtish huquqiga ega. Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishdan oʻtish chogʻida xodimlar taʼlim tashkilotida belgilangan qoidalarga rioya etishi, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish natijalarini ish beruvchiga taqdim etishi shart. Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishdan oʻtish chogʻida xodimlarning zimmasida ushbu Kodeksda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda va mehnat toʻgʻrisidagi oʻzga huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)